Hafta davomida harorat ko‘tariladi

Saqlash
11:22 / 06.10.2025 68 0

O‘zgidromet 10-oktyabrgacha bo‘lgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

 

Unga ko‘ra, ish haftasi davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha quyoshli va juda iliq ob-havo kuzatiladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

 

Harorat foni iqlim me’yoridan biroz yuqori bo‘ladi.

 

Harorat kechalari +8– +13 darajani tashkil etadi, kunduz kunlari hafta boshida +20– +25 darajada bo‘ladi. Hafta oxiriga kelib +23– +28 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda +30– +32 darajagacha ko‘tariladi.

 

10-oktyabr – juma kuni respublika shimolining ba’zi joylarida shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

 

Toshkent shahrida havo, asosan, biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi.

 

Bugun kunduzi havo harorati +22– +24 darajani tashkil etadi.

 

Hafta davomida kechalari +9– +12 daraja, kunduz kunlari +23– +26 darajada atrofida bo‘ladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//