Mirjalol Ne’matov javobgarlikka tortildi

Saqlash
10:46 / 06.10.2025 417 0

Adliya vazirligiga Mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamiyati a’zosi Farhod Mo‘minov tomonidan murojaat kelib tushgan.

 

Unda aytilishicha, muallif Farhod Mo‘minovga tegishli bo‘lgan “Qo‘shni qiz” hamda “Men turganda” nomli she’rlar ijrochi Mirjalol Ne’matov tomonidan muallifning ruxsatisiz ijro etilgan.

 

Mo‘minov o‘z murojaatida mazkur holat yuzasidan huquqiy chora ko‘rilishini so‘ragan.

 

O‘rganish mobaynida Mirjalol Ne’matov “Qo‘shni qiz” hamda “Men turganda” nomli she’rlarni muallif ruxsatisiz foydalangani aniqlangan. Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177 prim 1-moddasi bilan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborilgan.

 

Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudining qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 177 prim 1-moddasining birinchi qismi bilan jarima jazosi tayinlangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//