Talabalarga ijara to‘lovining bir qismini onlayn qaytarib olish imkoniyati beriladi

Saqlash
09:54 / 06.10.2025 76 0

Prezident qaroriga ko‘ra, 2025-yil 1-noyabrdan davlat oliy ta’lim muassasalari talabalariga oylik ijara to‘lovining bir qismini qaytarish bo‘yicha Yagona portal (my.gov.uz) orqali murojaat qilish imkoniyati yaratiladi.

 

Ma’lumot uchun, hozirda mazkur jarayonda talaba ma’lumot yoki hujjatlarni dekan o‘rinbosariga, fakultetning yoshlar bilan ishlash bo‘limiga yoki talabalarni uy-joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi oliygoh bo‘limiga topshirishi kerak. 1-noyabrdan esa bu tartib o‘zgaradi.

 

Bundan tashqari, o‘rta maxsus, kasbiy va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim jarayoni bilan bog‘liq davlat xizmatlari ham 2026-yil 1-yanvardan Yagona portal orqali ko‘rsatiladi.

 

Eslatib o‘tish lozim, talabgorlarga oylik ijara to‘lovining bir qismi ijara shartnomasining summasidan qat’iy nazar, quyidagi miqdorda to‘lanadi:

▪️ Toshkent shahrida — BHMning bir baravari (412 ming so‘m);

▪️ qolgan hududlarda — BHMning yarim baravari (206 ming so‘m).

 

Bitta turar joyda ikki va undan ortiq talaba ijara huquqi asosida yashagan holatlarda, ularning barchasi ijara shartnomasida qayd etilgan bo‘lishlari shart.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//