Markaziy bank TBC, Davr bank va Hamkorbankʼni 2,5 mlrd soʻm jarimaga tortdi

Saqlash
17:28 / 03.10.2025 228 0

Markaziy bank isteʼmolchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash choralarini koʻrmoqda. Bu haqdaregulyator axborot xizmati xabar berdi.

 

Unga koʻra, isteʼmolchilar huquqlari buzilishiga olib kelgan qoidabuzarliklar uchun TBC bankiga 615 mln soʻm, Davr Bankʻka 931 mln soʻm, Hamkorbankʻka esa 955 mln soʻm miqdorida jarima chorasi qoʻllanilgan.

 

TBC bank oʻz faoliyatida quyidagi qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻygan:

 

  • bank saytida axborot berish va isteʼmolchiga beriladigan axborotning minimal hajmi boʻyicha talablarni bajarmaslik;
  • kredit shartnomalari boʻyicha garov mulkini garov reyestridan chiqarish va garov mulklarini taqiqdan chiqarishda qonunchilikda belgilangan muddatdan kechiktirish;
  • qarz oluvchilarni moliyaviy ahvolini tahlil qilishi zarurligi toʻgʻrisida ogohlantirmasdan onlayn mikroqarzlar ajratish, kreditni qoplash uchun kelib tushgan mablagʻlarni qarzdorlikni soʻndirishga oʻz vaqtida yoʻnaltirmaslik;
  • bankda murojaatlarni koʻrib chiqish boʻyicha qonunchilik talablariga rioya etmaslik.

 

Davr Bank faoliyatida:

 

  • bankning bir xizmatini isteʼmolchiga qoʻshimcha xizmatdan foydalanish sharti bilan koʻrsatish;
  • xorijiy valyutada ajratilgan kreditlar boʻyicha kunlik foizlarni notoʻgʻri hisoblash (undirish);
  • bank saytida axborot berish va isteʼmolchiga beriladigan axborotning minimal hajmi boʻyicha talablarni bajarmaslik;
  • isteʼmolchilar bilan tuzilgan shartnomalarga (bank ichki qoidalariga) ularning huquqlarini cheklab qoʻyadigan bandlarni kiritish va qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarni kiritilmaslik;
  • jismoniy shaxslar bilan tuzilgan kredit shartnomalarida kreditning toʻliq qiymatini koʻrsatmaslik;
  • bank ilovasi orqali onlayn kredit ajratishda ushbu xizmatning asosiy isteʼmol xususiyatlari haqida toʻliq va toʻgʻri maʼlumot bermaslik;
  • kredit shartnomalari boʻyicha garov mulkini garov reyestridan chiqarish va garov mulklarini taqiqdan chiqarishda qonunchilikda belgilangan muddatdan kechiktirish;
  • bankda murojaatlarni koʻrib chiqish boʻyicha qonunchilik talablariga rioya etmaslik.

 

Hamkorbank faoliyatida quyidagi qoidabuzarliklar aniqlangan:

 

  • bank saytida axborot berish va isteʼmolchiga beriladigan axborotning minimal hajmi boʻyicha talablarni bajarmaslik hamda shartnomalarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarni kiritilmaslik;
  • kredit hujjatlarini koʻrib chiqishda qonunchilikka amal qilmaslik hamda kredit ajratish uchun bir martalik komissiyalar va garov mulkini taqiqqa qoʻyish va qoʻyilgan taqiqni bekor qilish uchun xizmat haqi undirilganlik;
  • kredit shartnomalari boʻyicha garov mulkini garov reyestridan chiqarish va garov mulklarini taqiqdan chiqarishda qonunchilikda belgilangan muddatdan kechiktirish;
  • bankda murojaatlarni koʻrib chiqish boʻyicha qonunchilik talablariga rioya etmaslik.

 

Shu bilan birga, banklarga qoidabuzarliklarni bartaraf etish, isteʼmolchilarga yetkazilgan zararni qoplash va ularning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan koʻrsatmalar berilgan.

 

Xususan, TBC Bank 2,5 mlrd soʻmlik kreditlar boʻyicha ortiqcha hisoblangan foizlarni, shuningdek, qarzdorlikni undirish toʻgʻrisida sud qarorlari chiqarilgandan keyin noqonuniy hisoblangan 1,7 mlrd soʻmni mijozlar foydasiga qaytarishi kerak. Davr Bank isteʼmolchilarga valyuta kreditlari boʻyicha ortiqcha hisoblangan foizlar va kredit summasidan noqonuniy ushlab qolishlarni hisobga olgan holda 4 mlrd soʻmni qaytardi. Hamkorbank mijozlarga kredit berishda noqonuniy ushlab qolingan 19,2 mlrd soʻmni, shuningdek, garov mulkini qoʻyish va olib tashlash uchun 1,5 mlrd soʻmni, shuningdek, shartnomalarda koʻzda tutilmagan 54,9 mln soʻmlik komissiyalarni qaytarishi kerakligi taʼkidlangan.

 

Markaziy bankka bank tizimi boʻyicha kelib tushgan murojaatlarning 121 tasida keltirilgan shikoyatlar, shu jumladan, 68 tasi boʻyicha 2,4 mlrd soʻmlik moliyaviy naflar murojaatchilar foydasiga hal etildi. Xususan:

 

  • 20 ta holatda sud qaroridan keyin noqonuniy hisoblangan 1,5 mlrd soʻmlik foiz va penyalar bekor qilinib, mijoz bilan qayta hisob-kitob qilinishi;
  • 26 ta holatda qarzdorlik hisobi notoʻgʻri va asossiz yuritilishi oqibatida qarz oluvchidan ortiqcha undirilgan 635,8 mln soʻmlik mablagʻlar qaytarilishi;
  • 22 ta holatda 307,5 mln soʻmlik asossiz undirilgan xizmat haqlari, toʻlovlar va kredit mablagʻlari mijozlar foydasiga qaytarilishi taʼminlandi.

 

Regulyator bundan buyon isteʼmolchilar huquqlari buzilgan hollarda barcha moliyaviy tashkilotlarga nisbatan qatʼiy chora koʻrib, bu haqda jamoatchilikka muntazam maʼlumot berib borishini taʼkidlagan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//