
Jamiyat
Oʻzbekistonda ishlab chiqarilganiga 50 yil boʻlgan transport vositalaridan foydalanish taqiqlanishi mumkin. Bu borada IIV tomonidan kiritilgan qaror loyihasi muhokama uchun eʼlon qilindi. Muhokamalar 11-oktyabrga qadar davom etadi.
Loyiha 2026-yil 1-yanvardan boshlab ishlab chiqarilganiga 50 yil va undan ortiq boʻlgan avtomototransport vositalaridan foydalanish, ularni qayta roʻyxatga olish taqiqlanadi hamda ular davlat roʻyxatidan chiqarishni (“antikvar” avtomototransport vositalari bundan mustasno) nazarda tutadi.
Shuningdek, ochiq konlarda (karyerlarda) ishlovchi oʻziagʻdaruvchi yuk avtomobillari ham davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi. Umumiy vazni (yuki bilan) 44 tonnadan ortiq boʻlgan “N3” va “O4” toifadagi yuk tashuvchi va maxsus transport vositalari hamda ochiq konlarda (karyer) ishlovchi oʻziagʻdaruvchi yuk avtomobillari hamda “antikvar” avtomobillar uchun alohida roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari joriy etiladi.
Qarorda keltirilgan qoʻshimcha maʼlumotlarga koʻra, respublikada 2025-yilga kelib transport vositalari soni 5,2 mln tadan oshgan boʻlib, shundan 87,6 mingtasi ishlab chiqarilganiga 50 yil boʻlgan mashinalar sanaladi. Bunday avtotransport vositalari xavfsizlik talablariga javob bermaydi va ekologik meʼyorlarga (Yevro-4, Yevro-5) mos emas, 30 foiz koʻproq zararli gaz ajratadi hamda maʼnan eskirgan transport vositalari davlat raqam belgisini noqonuniy taqib yurish (139 ta holat aniqlangan) holatlariga sabab boʻlmoqda.
Iqtisod
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q