Sunʼiy intellekt Markaziy Osiyoda ilk bor direktorlar kengashi raisi boʻldi

Saqlash
11:36 / 03.10.2025 107 0

Qozogʻistondagi eng yirik davlat fondi — “Samruk-Kazina” SKAI nomli neyrotarmogʻini “ishga oldi”. U Boshqaruv kengashining mustaqil aʼzosi sifatida ovoz berish va xolding hujjatlari tahlili asosida qaror qabul qilish huquqiga ega boʻladi, deb xabar berildi milliy fond telegram kanalida.

 

“Samruk-Kazina” milliy fondi Qozogʻiston prezidenti Toʻqayevga oʻzining SKAI (Samruk-Kazina sunʼiy intellekti) neyrotarmogʻini taqdim etdi. Ostonadagi Digital Bridge xalqaro forumida taqdimoti oʻtkazilgan neyrotarmoq mintaqadagi birinchi raqamli mustaqil boshqaruv kengashi aʼzosi boʻldi.

 

U “Samruk-Kazina”ning ichki va tashqi hujjatlari, 2008-yildan buyon qabul qilingan boshqaruv qarorlari va jamgʻarmaning boshqa toʻplagan materiallarini tahlil qiladi. Neyrotarmoq asoschilari uning koʻproq uning koʻproq maʼlumot va asosli qarorlar qabul qilishidan umid qilmoqda.

 

“Direktorlar kengashiga sunʼiy intellektga asoslangan neyrotarmoq tayinlanishi bu — kvant “skachok”: texnologiya va odamlar birgalikda qaror qabul qila boshlaydi. Raqamlashtirish boʻlsa jarayon ramkasidan chiqib, boshqaruv falsafasining bir qismiga aylanmoqda”, deydi fond boshqaruv raisi Nurlan Jakupov.

 

Qayd etilishicha, jarayonda xavfsizlik masalalariga alohida eʼtibor qaratiladi. SKAI mamlakatdagi ikkinchi eng kuchli superkompyuter sanaluvchi “Kazaktelekom”ning Al Farabium superkompyuterida yopiq sxemada ishlaydi. Tizim qozoq tilidagi Alem LLM modelidan foydalanadi. Bu esa maʼlumotlarni lokal va mamlakatdan tashqariga sizib chiqmaslik imkonini yaratadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//