Jahon
2-oktyabr kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Digital Bridge 2025 xalqaro forumi doirasida Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durovni qabul qildi. Bu haqda Qozog‘iston respublikasi prezidenti matbuot xizmati - Akorda xabar berdi.
Tomonlar o‘rtasidagi suhbatda ta’lim, sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik sohalaridagi hamkorlik masalalari muhokama qilingan. Prezident Telegramning mamlakat raqamli kun tartibini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash borasidagi faoliyatini yuqori baholadi.
Kompaniya rasman Astana Hub a'zosiga aylanib, mamlakatda o‘z ofisini ochish bilan birga AIem.Ai markazida sun’iy intellekt laboratoriyalarini ishga tushirgan. Durov shuningdek, Qozog‘iston prezidentiga sun’iy intellekt sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari haqida aytib bergan.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112028
Jamiyat
94716
Jamiyat
90725
Jamiyat
75535
Jamiyat
//
Izoh yo‘q