Oliygoh bitiruvchilarining amaliyot o‘tash tartibi belgilandi

Saqlash
15:52 / 02.10.2025 104 0

Hukumat qarori bilan “Oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining amaliyot o‘tashi va ularni ishga joylashtirish tizimini raqamlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

 

Unga binoan, endi ta’lim tashkiloti har yili 1-oktyabrgacha “Yagona milliy mehnat tizimi” IDAKga (Dastur) kiritilgan korxona bilan bitiruvchilar amaliyotini o‘tashi bo‘yicha shartnoma tuzish uchun platforma orqali ushbu korxonaga so‘rov yuboradi.

 

Shundan so‘ng, amaliyotni tashkil etish bo‘yicha ta’lim tashkiloti va korxona o‘rtasida shartnoma (amaliyot boshlanishidan kamida 3 hafta oldin) platforma orqali rasmiylashtiriladi.

 

Ta’lim tashkiloti har yili yakuniy davlat attestatsiyasi xulosasi asosida bitiruvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni platformaga kiritadi.

 

Shuningdek, korxona ham Dasturga har oyning 25-sanasigacha o‘zlari uchun zarur kadrlar, shu jumladan, vakant lavozimlar haqidagi ma’lumotlarni kiritib boradi.

 

Ishga qabul qilingan va mehnat shartnomalari Dasturda ro‘yxatdan o‘tkazilgan bitiruvchilar esa platformada avtomatik tarzda “bandligi ta’minlangan” sifatida qayd etiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//