Jamiyat
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning sentyabr oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari o‘rtacha 0.6 foizga oshgan.
Yillik iste’mol narxlari indeksi (INI) esa 108.0 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning shu oyiga (2024-yil sentyabr – 110.5 foiz) nisbatan 2.5 foiz bandga pasaygan.
Hisobotda yozilishicha, o‘tgan oyda oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 0.9 foizga, nooziq-ovqat tovarlari 0.3 foizga hamda aholiga ko‘rsatiladigan pullik xizmatlar 0.3 foizga qimmatlashgani kuzatilgan.
Asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan — pomidor (16.9 foiz), bulg‘or qalampiri (10.4 foiz), sabzi (7.7 foiz), tuxum (6.5 foiz), tarvuz (5.6 foiz), qovun (5.5 foiz), suyaksiz mol go‘shti (1.8 foiz), suyakli mol go‘shti (1.7 foiz), qo‘y go‘shti (1.5 foiz), parranda go‘shti (tovuq boldiridan tashqari) (1.2 foiz), tovuq boldiri va son qismlari (1.1 foiz), o‘simlik yog‘lari (0.6 foiz), shakar (0.7 foiz) narxlarining oshishi inflyatsiyaga asosiy ta’sir ko‘rsatgan.
Shuningdek, nooziq-ovqat mahsulotlardan — benzin (1.4 foiz), sement (2.9 foiz) va qimmatbaho metallardan yasalgan nikoh uzuklari (2.9 foiz), xizmatlar yo‘nalishida — muzeylar xizmatlari (8.7 foiz) va haydovchilikka tayyorlash bo‘yicha kurslari (5,0 foiz) narxlari qimmatlashgani inflyatsiyaga oshishida asosiy omil bo‘lib xizmat qilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112028
Jamiyat
94716
Jamiyat
90725
Jamiyat
75535
Jamiyat
//
Izoh yo‘q