Jamiyat
Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tayotgan Jahon Fanlar akademiyasi(TWAS)ning navbatdagi Bosh konferensiyasida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, professor Shahlo Turdiqulovaga mazkur konferensiyada rasmiy diplom tantanali ravishda topshirildi.

Ta’kidlash lozim, Turdiqulova joriy yil boshida Jahon Fanlar akademiyasi akademigi etib saylangan edi.
Ma’lumot uchun, TWAS 1983-yili tashkil etilgan nufuzli xalqaro akademiya bo‘lib, dunyo bo‘ylab eng yirik va taniqli olimlarni birlashtiradi.

Akademiyada 100 dan ortiq mamlakatdan 1 400 nafardan ziyod yetakchi olim bo‘lib, tarkibida Nobel mukofoti sohiblari hamda turli sohalarda ulkan yutuqlarga erishgan yetakchi olimlar faoliyat yuritadi.
Xabarda aytilishicha, bu yilgi konferensiya kun tartibida sog‘liqni saqlash, iqlim o‘zgarishi, barqaror rivojlanish va innovatsiyalar kabi dolzarb mavzular muhokama qilinmoqda.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
112454
Jamiyat
95118
Jamiyat
91359
Jamiyat
76038
Jamiyat
//
Izoh yo‘q