
Jamiyat
O‘zbekistonda o‘qituvchilar soni o‘n yilda 43,4 foizga oshgani ma’lum qilindi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024/25-o‘quv yili boshiga umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar soni 564,9 ming nafarni tashkil etdi (o‘rindoshlarsiz).
Mazkur ko‘rsatkich 2015/16-o‘quv yili boshiga nisbatan 170,9 ming nafarga yoki 43,4 foizga oshgan. O‘qituvchilarning 71 foizi (401,3 ming nafar) ayollar, 29 foizi (163,6 ming nafar) erkaklardir.
Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar soni yillar kesimida:
– 2015/16-o‘quv yili boshiga — 385 ming nafar;
– 2016/17 -o‘quv yili boshiga — 390,6 ming nafar;
– 2017/18-o‘quv yili boshiga — 409,4 ming nafar;
– 2018/19-o‘quv yili boshiga — 444,2 ming nafar;
– 2019/20-o‘quv yili boshiga — 486,6 ming nafar;
– 2020/21-o‘quv yili boshiga — 508 ming nafar;
– 2021/22-o‘quv yili boshiga — 510 ming nafar;
– 2022/23-o‘quv yili boshiga — 521,6 ming nafar;
– 2023/24-o‘quv yili boshiga — 547,8 ming nafar;
– 2024/25-o‘quv yili boshiga — 564,9 ming nafar.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar—iyun oylarida respublikada ishga tushirilgan maktablar soni 68 tani tashkil etdi. Ularning 34 tasi qishloq joylarga to‘g‘ri keladi. Hududlar bo‘yicha yangi maktablar soni quyidagicha:
– Andijon viloyati — 35 ta;
– Buxoro viloyati — 19 ta;
– Xorazm viloyati — 7 ta;
– Namangan viloyati — 6 ta;
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 1 ta.
Mamlakatda 2023/24-o‘quv yili boshiga faoliyat yuritayotgan umumta’lim muassasalari (maktab) soni 10 750 tani tashkil etgan. Joriy yilda yangi maktablar qurish uchun Islom taraqqiyot bankidan 200 million dollar jalb qilindi. Buning evaziga yangi maktablar qurilib, 72 mingta o‘quvchi o‘rni yaratiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q