Jamiyat
O‘zbekistonda bir oyda tabiatga 46,7 milliard so‘mlik zarar yetkazildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, 116 ta nazorat tadbirlarida 39 ta noqonuniy qum-shag‘al qazib olish, 36 ta daraxt kesish, 15 ta baliq ovlash, 6 ta noqonuniy qurol saqlash va ov qilish, 20 ta ekologiyani ifloslantirish kabi holatlar aniqlangan.
Jumladan, Sirdaryoning Bo‘ka tumanidan oqib o‘tuvchi qismida Oqqo‘rg‘on tumanida yashovchi 2 fuqaro noqonuniy elektr qarmoq yordamida 16 ta sazan, 12 dona karas hamda 3 dona “Qizil kitob”ga kiritilgan Turkiston mo‘ylovdorini ovlab, tabiatga 622,1 million so‘mlik zarar yetgan.
Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar Bosh prokuratura organlariga yuborilgan.
Fuqarolardan biri ushbu jinoyatni 2025-yilning iyun oyida ham sodir etgani sababli unga nisbatan 286 million so‘m jarima tayinlanib, tegishli moddalarga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lgan.
Boshqa bir holatda esa Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumanida 2 nafar shaxs noqonuniy ov qilayotgani aniqlanib, ulardan 12 dona o‘q tegishli tartibda olib qo‘yildi. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jahon
110577
Jamiyat
94408
Jamiyat
90301
Jamiyat
74032
Jamiyat
//
Izoh yo‘q