
Jamiyat
1-oktabrdan moped va skuterlarni boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi talab etiladi. Ushbu tartib Vazirlar mahkamasining 12-apreldagi qarorida mustahkamlangan.
Unga ko‘ra, xavfsiz harakatlanish uchun moped va skuter haydovchilari yo‘l harakati qoidalarini bilishi va ularga rioya etishi shart. Bunda ular malaka oshirishdan o‘tishi va “A” toifasidagi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lishi talab etiladi.
Hukumatning tegishli qarorlari bilan 1-martdan amal qilishi ko‘zda tutilgan moped va skuterlarga majburiy davlat ro‘yxatidan o‘tish, davlat raqami belgilarini olish vaularni boshqarish uchun “A” toifali haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lishi kabi talablar ham Vazirlar Mahkamasining 12-apreldagi qarori bilan yana olti oyga — 1-oktabrga ko‘chirilgan.
Hukumat, shuningdek, ekspluatatsiyadagi moped va skuterlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomning amal qilish muddatini 31-sentyabrgacha uzaytirgan.
Ilm-fan
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q