
Jamiyat
Oʻzgidromet oktyabr okida kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini taqdim etdi.
Unga koʻra, kelasi oyda havo harorati keskin oʻzgaradi. Sentyabr oyining oxirida kuzatilgan iliq ob-havodan soʻng, 1−2-oktyabr kunlari Oʻzbekiston hududida ushbu mavsumdagi birinchi kuzgi sovuq kirib kelishi kuzatiladi. Respublika shimolida, markaziy va sharqiy viloyatlarda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi.
Havo harorati kunduz kunlari +18…+21, kechalari +8…+13, respublika shimolida kunduz kunlari +13…+16, kechalari +4…+5 darajagacha pasayadi.
3-oktyabr kuni faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarida yomgʻir yogʻishi saqlanib turadi. 4−10-oktyabrda butun respublika boʻyicha asosan yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Havog harorati 5−7 darajaga koʻtariladi. Kunduz kunlari havo +23…+26 darajagacha isiydi.
Oktyabrning ikkinchi va uchinchi oʻn kunliklarida ayrim kunlarda (2−3 kun) baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Harorat kechalari +10…+15 darajadan +5…10 darajagacha (respublika shimolida -2 darajagacha boʻlishi mumkin), kunduz kunlari +23…+28 darajadan +15…+20 darajagacha oʻzgarib turadi.
Ilm-fan
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q