
Jamiyat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 177-son farmoniga koʻra, 2026-yildan har kalendar yil yakuniga qadar respublika boʻyicha kosmik texnologiyalar imkoniyatidan kelib chiqib, daraxtzorlarning noqonuniy kesilishi kosmik monitoring orqali aniqlanadi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot telegram kanalida maʼlum qilindi.
Unga koʻra, 2026-yildan quyidagi loyihalar sinov tariqasida amalga oshiriladi.
Energetika sohasida – Energetika vazirligi tomonidan Agentlik imkoniyatlaridan foydalangan holda:
- elektr uzatish tarmoqlaridagi nosozliklarni barvaqt aniqlash maqsadida 2026-yil 1-avgustgacha Toshkent viloyati Boʻka tumanida yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari holati aerokosmik monitoringdan oʻtkaziladi;
- “yashil” energetikani rivojlantirish maqsadida 2026-yil 1-oktyabrgacha Surxondaryo viloyatida quyosh panellarini joylashtirish va yuqori samaradorlikka erishish imkoniyati mavjud boʻlgan maydonlar aniqlanadi;
Transport sohasida – Transport vazirligi tomonidan temir yoʻllar holatini tezkor nazorat qilishga oʻtish maqsadida Agentlik imkoniyatlaridan foydalangan holda 2026-yil 1-oktyabrgacha Toshkent–Angren yoʻnalishidagi temir yoʻlda aerokosmik monitoring amalga oshiriladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q