Jahon
Xitoyning Guychjou provinsiyasidagi Xuaszyan darasi ustida dunyodagi eng baland osma koʻprik avtomobillar harakati uchun ochildi. Bu haqda CNAʼga tayanib Kommersantʼ nashri xabar berdi.
Koʻprik sathidan Beypan daryosi oqib oʻtadigan masofa 625 metrni tashkil etib, uning qurilishi 3-yil-u 9 oy davom etgan va 2 mlrd yuan, taxminan 280 mln AQSH dollari sarflangan. Koʻprik uzunligi 2,9 kilometrni tashkil etadi. Mahalliy hokimiyat vakillariga koʻra, koʻprikning bir boshidan ikkinchi tomoniga oʻtish vaqtini ikki soatdan ikki daqiqagacha qisqartirib, uning ishga tushirilishi hududiy transport tarmogʻini yaxshilash bilan birga, regionning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga yordam beradi.
Bundan avvalgi balandligi boʻyicha jahonda yetakchi 565 metrli most ham aynan shu provinsiyada joylashgan boʻlib, u Beypan daryosining irmogʻi oqib oʻtadigan daradan oʻtadi.
Xitoy rasmiylariga koʻra, dunyodagi eng baland 100 ta koʻprikning deyarli yarimi Guychjou provinsiyasida joylashgan.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112028
Jamiyat
94716
Jamiyat
90725
Jamiyat
75535
Jamiyat
//
Izoh yo‘q