Moldova parlament saylovlarida yana Mayya Sandu gʻolib boʻldi

Saqlash
09:37 / 30.09.2025 30 0

Moldovadagi parlament saylovlarida Yevropaga xayrixoh partiya – Mayya Sandu gʻalaba qozondi. Bu haqda Moldova Respublikasining Markaziy saylov komissiyasiga tayanib Meduza nashri xabar berdi.

 

Moldova prezidenti Mayya Sanduning Yevropaga xayrixoh “Harakat va birdamlik” partiyasi Parlament saylovlarida 50 foizdan ortiq ovoz yigʻdi. Mamlakat Markaziy saylov komissiyasining saylov uchastkalaridan kelgan protokollarning 99,65 foizi koʻrib chiqilgach bergan maʼlumotlariga koʻra, Mayya Sanduga 50,06% saylovchi Mayya Sanduga ovoz bergani maʼlum boʻlgan.

 

Sobiq prezident Igor Durdonning Rossiyaga yaqinlashish tarafdori boʻlgan muxolifatdagi Vatanparvar saylov bloki 24,25% ovoz olgan. Uchinchi oʻrinni 7,97 foiz ovoz bilan moʻtadil yevropaparast “Alternativa” partiyasi, toʻrtinchi oʻrinni 6,20 foiz ovoz bilan populistik “Bizning partiya” partiyasi egalladi.

 

Saylovchilar 52 foizni tashkil etgan. Saylovda 14 ta partiya, 4 blok va 4 ta mustaqil kandidat ishtirok etgan.

 

2021-yilgi Moldova Parlament saylovlarida Sandu partiyasi 52,8% ovoz yigʻib, 101 oʻrindan 63 tasini qoʻlga kiritgan. Bu esa unga hukumatni mustaqil shakllantirish imkonini bergan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//