
Jamiyat
O‘zgidromet 3-oktyabrgacha bo‘lgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, sentyabr oyining oxirgi kunlarida O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi, harorat +26– +29, ba’zi joylarda +31 darajada bo‘ladi.
1-2-oktyabrda respublikaning barcha hududlariga Qozog‘istondan salqin va nam havo kirib keladi.
1-oktyabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Navoiy viloyatlarida, Toshkent viloyatining ba’zi shimoliy hududlarida yomg‘ir yog‘adi.
2-oktyabrda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
3-oktyabrda faqat Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida yomg‘ir yog‘ishi saqlanib turadi.
Harorat foni 1-2-oktyabrda +8– +10 darajaga pasayadi. Kechasi va ertalab termometr ustuni +8– +13 darajagacha pasayadi, kunduz kunlari esa havo harorati +18– +23 darajadan yuqori bo‘lmaydi. Respublika shimolida harorat kechalari +4– +9 daraja iliqqacha, kunduz kunlari +15– +18 darajagacha pasayadi.
3-oktyabrda respublika hududining katta qismida kunduzgi harorat +2- +3 darajaga ko‘tariladi.
Respublika janubida bunday iliq ob-havo 1-oktyabrgacha saqlanib turadi, 2-3-oktyabrdan esa harorat +20– +25 darajagacha pasayadi.
O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida 29-30-sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 1-oktyabrda, kechasi va ertalab, 2-oktyabrda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. 3-oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3–8 m/s tezlikda esadi, 10–12 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat 29-30-sentyabrda kechasi +15– +17, kunduzi +26– +29 darajada bo‘ladi.
1-2-oktyabrda harorat kechalari +8– +11, kunduz kunlari +18– +21 darajagacha pasayadi. 3-oktyabrda esa kechasi +8– +11, kunduzi +22– +24 darajada bo‘ladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q