Jamiyat
Jamiyat
Jizzaxda oʻz xizmat xonasidan fuqarodan 300 dollar pora olayotgan sudya yordamchisi qoʻlga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
.jpg)
Jizzax viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Doʻstlik tumanlararo sudi sudya yordamchisi xizmat mavqeidan foydalangan holda Mirzachoʻl tumanida yashovchi ayolning ishonchiga kiradi.
Xususan, uni turmush oʻrtogʻi bilan oʻzaro ajrimini tezlashtirib, er-xotin oʻrtasidagi mol-mulkning bir qismini olishida yordam berish uchun 300 AQSH dollari talab qiladi.
DXX xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, u oʻzining xizmat xonasida soʻralgan pul mablagʻini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Sudya yordamchisiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
111481
Jamiyat
94615
Jamiyat
90587
Jamiyat
74977
Jamiyat
//
Izoh yo‘q