Jamiyat
26 sentabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi to‘g‘risidagi Vena konvensiyasiga (Vena, 1963 yil 21 may) qo‘shilishi togrisidagi qonunni imzoladi. Bu bilan fuqarolik yadro obektlarida sodir bo‘lgan hodisalar oqibatida yetkazilgan zarar uchun javobgarlikni zimmaga olinadi. Hukumat zararni qoplash tartibi, muddatlari va tamoyillarini belgilaydigan asosiy normalarni tan oladi.
Bundan tashqari, yadroviy javobgarlik rejimida yadroviy falokat yuz bergan taqdirda O‘zbekiston xalqiga tovon to‘lanishi ta’minlanadi.
50 dan ortiq mamlakat a'zo bo‘lgan konvensiyadan asosiy maqsad – yadroviy qurilma operatori tomonidan boshqariladigan inshootlarda sodir bo‘lgan hodisalar natijasida yuzaga kelgan yadro zarari uchun operatorning javobgarligini, shuningdek, yadro zararidan moliyaviy himoyani ta’minlash uchun minimal talablarni belgilashdir.
Xalqaro hujjatni qabul qilish yadro energetikasi sohasida sug‘urta tizimi va kompensatsiya mexanizmlarini joriy etishga ham xizmat qilib, shuningdek, Atom energiyasi xalqaro agentligi bilan hamkorlik aloqalari kengayadi, agentlik dasturlari doirasida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish ishlari faollashadi.
Siyosat
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
Siyosat
109755
Jamiyat
94131
Jamiyat
89920
Jamiyat
73123
Jamiyat
//
Izoh yo‘q