Siyosat
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffarbek Madrahimov va AQSh davlat kotibining qurollarni nazorat qilish hamda xalqaro xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Brent Kristensen yadroviy hamkorlik to‘g‘risidagi o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.
Kristensenning ta’kidlashicha, Vashington terrorizmga qarshi kurash va xavfsizlik sohasidagi boshqa umumiy chaqiriqlar masalalaridagi hamkorlik uchun Toshkentga minnatdorlik bildiradi.
“AQSh va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar mustahkam asosga ega bo‘lib, yadroviy energetika, muhim minerallar va boshqa tarmoqlarda investitsiya salohiyati o‘sib bormoqda”, — deb yozdi AQSh Davlat departamenti vakili X ijtimoiy tarmog‘ida.
U yadroviy hamkorlikka oid memorandum imzolanishi ikki mamlakat mutaxassislari va sanoati o‘rtasida atom energetikasi sohasida kengroq hamkorlik uchun asos yaratishini qayd etdi.
“Bu (AQSh prezidenti Donald) Trampning Amerika yadro sanoatiga jahon miqyosida raqobat qilishga ko‘maklashishga qaratilgan farmoniga to‘liq mos keladi”, — dedi Kristensen.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
112454
Jamiyat
95118
Jamiyat
91359
Jamiyat
76038
Jamiyat
//
Izoh yo‘q