
Jamiyat
“O‘zgidromet” dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo biroz bulutli bo‘ladi, 28–29-sentyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 30-sentyabrda kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 1-oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Harorat 28-sentyabr kechasi 10-15 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi, 29-sentyabr va 1-oktyabrda kechasi 6-11 darajagacha, kunduzi 15-20 darajagacha pasayadi.
Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. 29-sentyabr–1-oktyabrda kechasi 6-11 darajagacha, kunduzi 15-20 darajagacha pasayadi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-sentyabr–1-oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 28-30-sentyabrda 12-17 daraja, 1-oktyabrda 8-13 daraja, kunduzi 28-29-sentyabrda 27-32 daraja bo‘ladi, 30-sentyabr va 1-oktyabrda 20-25 darajagacha pasayadi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 28-29-sentyabrda 26-31 daraja bo‘ladi, 30-sentyabr va 1-oktyabrda 20-25 darajagacha pasayadi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 28-30-sentyabrda 28-33°, 1-oktyabrda 26-31 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 28-30-sentyabrda 25-30 daraja, 1-oktyabrda 23-28 daraja bo‘ladi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q