O‘zbekistonliklar yana Janubiy Koreyaga mavsumiy ishlarga jalb qilinadi

Saqlash
15:26 / 26.09.2025 34 0

O‘zbekiston fuqarolarini Janubiy Koreyada mavsumiy mehnat ishlarida (Ye-8) ishtirok etish dasturiga qayta jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

 

Xabar berilishicha, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev boshchiligidagi delegatsiyasi kecha Janubiy Koreyaga tashkil etilgan amaliy tashrif doirasida Koreya Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari, Koreya immigratsiya xizmati komissari Kim Jong Do bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

Uchrashuvda hamkorlikning dolzarb yo‘nalishlari, jumladan, O‘zbekiston fuqarolarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, malakalarni o‘zaro tan olish va kasb-hunar ta’limini rivojlantirish, noqonuniy migratsiyani qisqartirish, shuningdek, odam savdosi va jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi.

 

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston fuqarolarini Koreyada mavsumiy mehnat ishlarida (Ye-8) ishtirok etish dasturiga qayta jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

 

Noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish, mehnat migrantlari uchun sharoitlar yaratish va hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida muntazam videokonferensaloqa o‘tkazish uchun ishchi guruh tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

 

O‘zbekistonliklar Koreyaga mavsumiy ishlarga yuborilishi may oyida aytilgan edi. Agarda o‘zbekistonlik ishchilar Koreyaning mehnat qonunchiligini buzmasa, nolegal faoliyatga o‘tmasa, o‘z ish joylarini asossiz tashlab ketmasa, Koreya tomoni hamyurtlar uchun har qanday ishchi viza turini eng yuqori darajada ochib berishga tayyorligini bildirgan

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//