Oilasi uysiz qolgan fuqaro tuman hokimini aybladi

Saqlash
17:28 / 25.09.2025 214 0

Namangan viloyati Norin tumani hokimi yaqinda ko‘chib o‘tgan konteyner uyi eshigida fuqaro tomonidan xat qoldirib ketildi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, xat muallifi Qo‘ldosheva Salima bo‘lib, u oilasi uysiz qolishida tuman hokimini ayblagan.

 

“Sizning qaroringiz tufayli biz oilaviy uysiz qolgan edik. Onam sarson-sargardonlikda vafot etdi. Men turmush qurganman, ukam esa hanuz uysiz, uylanolmay, vatan qilolmay yuribdi. Ishonamizki, siz qachondir o‘z uyingizga qaytasiz, biz esa 13 yildan beri qaytolmayapmiz”, deyiladi xatda.

 

Norin tumani hokimligi bunga rasmiy munosabat bildirdi.

 

Ta’kidlanishicha, fuqaroning xati yuzasidan Norin tumani hokimligi Ishchi guruhi o‘rganish olib borgan.

 

Murojaatchi fuqaro Salima Qo‘ldosheva bilan ko‘rishib, xatni yozish sababi so‘ralganda, fuqaro mavjud muammolari yuzasidan tuman hokimi yoki tuman hokimligiga avval murojaat qilmagani aniqlangan.

 

“Hozirda tuman hokimi tomonidan S. Qo‘ldoshevaga amaliy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rilmoqda. Xususan, “Ayollar daftari”ga ro‘yxatga kiritildi. Ukasi A. Qo‘ldashev ayni vaqtda xorijda ekanligi uchun mahalla yoshlar yetakchisi ishtirokida videoaloqa orqali gaplashganligi, 10 kun ichida migratsiyadan qaytarish hamda o‘ziga mos ishga joylash choralari ko‘rilayotganligini ma’lum qilamiz”, deyiladi hokimlik munosabatida.

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//