O‘zbekistonliklar Volkswagen zavodiga ishga taklif qilinmoqda

Saqlash
16:23 / 25.09.2025 219 0

Migratsiya agentligi va Slovakiyaning Volkswagen zavodi mashinasozlik sohasida bo‘sh ish o‘rinlarini taklif qilmoqda.

 

Ish o‘rinlari 60 ta bo‘lib, tanlovga jalb etilganlar soni 200 nafarni tashkil etadi. Tanlov o‘tkazuvchi tashkilot – Migratsiya agentligi. Tanlov onlayn suhbat asosida olib boriladi.

 

Ish o‘rinlari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha:

▪️ avtomobil yig‘ish;

▪️ bo‘yash;

▪️ dvigatel va shassilarni yig‘ish;

▪️ konveyerda ishlash;

▪️ ishlab chiqarish uskunalari va mexanizmlarini boshqarish.

 

Tanlovda 40 yoshgacha bo‘lgan, ishlab chiqarishda tajribasi bor, rus tilini muloqot darajasida biladigan erkaklar ishtirok etishi mumkin.

 

Oylik maoshi birinchi 2 oyda 1274 dollardan (taxminan 15 mln 500 ming so‘m), keyingi oylardan esa 1514 dollardan (taxminan 18 mln 430 ming so‘m) to‘lanadi.

 

Bundan tashqari, bonus tariqasida 13-14-oylik, oylikning 26 foizigacha mukofot puli beriladi.

 

Sinov muddati 3 oy. Ish jadvali 3 smenalik bo‘lib, haftasiga 5 kun (37,5 soat).

 

Turar joy ish beruvchi tomonidan beriladi va oyiga 334 dollar xodimning oylik maoshidan ushlab qolinadi (Bu yuqorida ko‘rsatilgan oylikdan holi bo‘lib, yuqoridagi summa ushbu xarajatdan tashqari hisoblangan).

 

Nomzodlarga quyidagi imtiyozlar beriladi:

▪️ aeroportdan ish joyigacha transfer;

▪️ ovqatlanish ish vaqtida ish beruvchi hisobidan;

▪️ tibbiy va ijtimoiy sug‘urta;

▪️ maxsus kiyim;

▪️ keyinchalik oila bilan birlashish imkoni.

 

Nomzodlar quyidagi xarajatlarni o‘z hisobidan qoplaydi:

▪️ ishchi viza - 100 dollar;

▪️ aviabilet - 300 dollar.

Ushbu xarajatlarni Migratsiya agentligi qisman qoplab beradi.

 

Yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumot olish uchun ushbu havolaga kiriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//