
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev 24-sentyabr kuni Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan o‘zbekistonliklar bilan uchrashuvda yoshlarning bilimi dengizdan uzoq O‘zbekiston uchun ko‘prik vazifasini o‘tashini ta’kidladi.
“Sizlar boshqalarga nisbatan intilganlaringni, o‘z ertangi kuningizga befarq bo‘lmaganingiz, ota-onalaring sizlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatgani uchun mana shu katta davlatda ko‘p millatli O‘zbekiston xalqini vakili bo‘lib yuribsizlar. Katta marralarni olib, katta-katta darajalarga yetishga qanot boylaganlaringni ko‘rib, men o‘zimga kuch olaman”, dedi davlat rahbari.
Prezident, shuningdek, kelgusi yili BMT Bosh Assambleyasida buyuk ajdodlar haqida taqdimot o‘tkazishini ma’lum qildi.
“Sizlar kechagi bilan bugunning farqiga tez borasizlar. Agar e’tibor bergan bo‘lsalaring, ikkinchi marta Birlashgan Millatlar Tashkilotida buyuk bobolarimiz Islom ma’rifati to‘g‘risida gapirdim. Buxoriy bobo qayerda bor? Moturidiy, Xorazmiy bobo qayerda bor? Beruniy qayerda bor? Kelgusi yil Bosh Assambleyada taqdimot o‘tkazamiz, dedim”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston yetakchisi yoshlar radikalizmdan yiroq bo‘lishi, Islomni esa insonparvar va xalqparvar din ekaniga ishontirish kerakligini ham aytib o‘tdi.
“Diniy ma’rifat, bag‘rikenglik bo‘yicha ham juda ko‘p ishlar qilyapmiz. Ayniqsa, yoshlarimizning, meni juda katta tashvishim — radikalizmdan yiroqroq bo‘lishi, Islomning buyukligini, insonparvarligini, xalqparvarligini inontirish, ishontirish. Bir yarim oydan keyin borsanglar, yangi Islom sivilizatsiya markazini ochilishida o‘zlaring qatnashasizlar. Bu markazni nima uchun qilyapman? Ulug‘ merosimizni, buyuk bobolarimiz, kimni biz merosxo‘ri ekanligimizni, o‘sha maskanga kirgan inson ko‘rib, ta’zim qilib chiqib ketish uchun qilyapman”, dedi Prezident.
Shavkat Mirziyoyev dengizga chiqishda bitta ko‘rik borligini, bu yoshlar bilimi ekanini urg‘uladi.
“Biz dengizdan uzoqroqmiz, lekin uchta-to‘rtta mamlakat, dengizga borishimiz uchun bitta ko‘prik bor — yoshlarning bilimi. Yoshlarimning ta’limi, fanga bergan e’tiborimiz, u ko‘prik uchta-to‘rtta davlatga borishni ham qisqartiradi. Nima u? Bitta narsa — bilim, ta’lim. Muallim, muallim, muallim, ta’lim, ta’lim, ta’lim, deb men nimaga ko‘p gapiraman? Shu narsa bizning rivojlanishimizga zamin yaratadi. Muallimsiz, ta’limsiz, bilimsiz yangi O‘zbekistonni qurib bo‘lmaydi”, dedi davlat rahbari.
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q