
Jamiyat
“Milliy tiklanish” fraksiyasi yig‘ilishida partiya rahbari Alisher Qodirov o‘qituvchilarga 50 yoshdan pensiya berilishi kerakligi haqida gapirdi.
“Uchuvchiga berasiz 45 yoshdan keyin. Maxsus xizmat xodimlariga berasiz 45 yoshdan keyin. Pensiyani berib yuborasiz. Ijtimoiy agentlik, seni qiziqtiradigan narsa. Berib yuborasiz. Nimaga? ular og‘ir sharoitda ishlagani uchun. Pedagog og‘ir sharoitda ishlamaydimi?” deydi Qodirov.
Uning ta’kidlashicha, o‘qituvchilarga sharoit yaratib berilmagan.
“50 ta bolani qarshisiga qo‘yib qo‘ygansiz. U 3 yil yashaganda 30 yil yashagandek bo‘ladi. Nimaga unga pensiya 50 yoshdan yo‘q?” deydi fraksiya rahbari.
Shuningdek, Qodirov maktablarda erkak o‘qituvchilar kamayib ketayotganining sababini ham aytdi.
“Qadriyatlarimiz bilan bog‘liq ayrim elementlar bor. O‘qituvchini hurmat qilish degan narsa bor, misol uchun. To‘g‘rimi? O‘qituvchini siz hozir ustidan tank bilan o‘tib ketsangiz ham o‘quvchisini o‘ziga nisbatan qilgan hurmatsizligiga e’tiborsiz qolib ketolmaydi. U bunga reaksiya qiladi. Uning har bitta reaksiyasi, agar jinoiy javobgarlikka tortilib kelaversa, qaytib hech kim pedagog bo‘lmaydi. O‘zi pedagogikadan erkaklarni shuning uchun siqib chiqarib yuborganmiz”, deydi u.
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q