
Jamiyat
O‘zbekistonda 24-sentyabr kuni oltin quymalar narxi yangi rekord darajada oshdi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, bir gramm oltin narxi 1 535 840 so‘mni tashkil etdi. Bu bir kun avvalgi narxdan 0,9 foizga yuqoridir. 5 grammli oltin quymalar narxi 7 million 679 ming so‘m bo‘ldi va avvalgi rekord narxdan 70 so‘mga oshdi.
24-sentyabr holatiga ko‘ra oltin quymalari narxi quyidagicha:
5 grammli —7 million 679 ming so‘m;
10 grammli — 15 million 358 ming so‘m;
20 grammli — 30 million 717 ming so‘m;
50 grammli — 76 million 792 ming so‘m;
100 grammli — 153 million 584 ming so‘m
O‘zbekistonda oltin narxi oshishi bo‘yicha 2025-yil boshidan beri 32 marta rekord o‘rnatdi va bu vaqt davomida 35,6 foizga qimmatladi.
Jahon bozorida ham oltin narxi rekord o‘rnatdi. Nyu Yorkning Comex birjasidagi 24-sentyabrdagi savdolar ma’lumotlariga ko‘ra, oltinning birjadagi narxi 1 unsiyasi uchun 3800 dollardan oshdi.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q