
Jahon
Afg‘onistonning Qunduz shahridan bo‘lgan o‘smir Hindiston poytaxtiga samolyotning shassi bo‘limiga yashirinib uchib bordi. Bu haqda The Indian Express xabar berdi.
13 yoshli bola 21-sentyabr kuni ertalab Kam Air aviakompaniyasining Kobul – Nyu Dehli yo‘nalishida uchgan reysida sayohatga chiqqan. Parvoz 94 daqiqa davom etgan. Indira Gandi nomidagi xalqaro aeroportga yetib borgach, u uchish-qo‘nish yo‘lagida tentirab yurganida payqalgan va xavfsizlik xizmatiga topshirilgan. So‘roq chog‘ida u shunchaki “qiziquvchanlik” uchun shunday qilganini aytgan.
O‘smir aslida Kobuldan Tehronga uchishni mo‘ljallagan, ammo adashib Dehliga ketayotgan samolyotga chiqib qolgan. U parvozga yengil kiyimda, hech qanday bagajsiz chiqqan. Mutaxassislarning aytishicha, bunday parvozdan so‘ng omon qolishi mo‘jiza hisoblanadi.
Samolyotlar 9 mingdan 12 ming metr balandlikda parvoz qiladi, bu yerda havo harorati –50 °C gacha tushadi. Samolyot saloni germetik bo‘lsa-da, shassi bo‘limida na isitish bor, na yetarli kislorod, bu esa inson uchun o‘ta xavfli.
Bundan tashqari, kislorod yetishmovchiligi (gipoksiya), sovuqdan muzlash (gipotermiya), shassi mexanizmining ishlashi tufayli jiddiy jarohat yoki o‘lim xavfi hamda uchish vaqtida tushib ketish ehtimoli juda yuqori.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q