Jamiyat
Surxondaryoda aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan ma’ruzaga layk bosgan yigit 3 yilga qamaldi. Bu haqda viloyat sudi matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, sudlanuvchi U. A. o‘z telefonida “Odnoklassniki” messenjeri orqali 2019-yilda Abdulloh domla, ya’ni Abdug‘ani Umarovning “Jannatga oshiqlar” nomli aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan ma’ruzasiga layk bosib, virtual do‘stlariga tarqatgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tuman sudining 2025-yil 1-iyuldagi hukmiga ko‘ra, fuqaroga 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilangan.
“Sudlanuvchi U. A. tomonidan sodir etilgan mazkur jinoyat og‘ir turga mansubligi tufayli unga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jazo tayinlangan”, deyiladi xabarda.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
111045
Jamiyat
94512
Jamiyat
90454
Jamiyat
74516
Jamiyat
//
Izoh yo‘q