
Jamiyat
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari 23-sentyabr kuni “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda qabul qilib, Senatga yubordi.
Ushbu qonun loyihasida “avtomobil yo‘llarini rejalashtirish” mexanizmini joriy etish, yo‘l infratuzilmasini aholi va iqtisodiyotning o‘sib borayotgan ehtiyojlariga mos ravishda rivojlantirish nazarda tutilmoqda. Shuningdek, yo‘llarni loyihalashtirishda aholi fikri va atrof-muhitga ta’sirini inobatga olish hamda piyodalar uchun to‘siqsiz muhitni yaratish bo‘yicha qat’iy talablar o‘rnatilyapti.
Loyihada kommunikatsiya tarmoqlarini qurishda yo‘llarning avvalgi holatini tiklash xarajatlarini qoplash sharti ham kiritilyapti. Yo‘llarda katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalarining harakatlanishi tartibga solinyapti. Qolaversa, ajratilgan va yo‘l bo‘yi mintaqalarida xizmat ko‘rsatish obyektlarini joylashtirishga oid talablar belgilanmoqda.
Qonun loyihasi bilan pulli yo‘llar tarmog‘ini barpo etishning huquqiy asoslari ham yaratilyapti. Pulli avtomobil yo‘llarini qurishga faqatgina muqobil bepul harakatlanish yo‘li mavjud bo‘lgandagina ruxsat berilishi taklif etilyapti.
Shu bilan birga, pulli avtomobil yo‘lidan harakatlanish uchun to‘lov miqdori avtomobil yo‘llari foydalanuvchilarining ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlari qanoatlantirilishini hisobga olgan holda, iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlaydigan bo‘lishi lozimligi nazarda tutilyapti.
Loyihada belgilanayotgan normalar yo‘l sifatini yaxshilash orqali mavjud avtomobil yo‘llari tarmog‘ini uzoq vaqtgacha soz holda saqlab turish, pulli yo‘llar tarmog‘ini barpo etish, sohaga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q