Siyosat
O‘zbekiston 2026-yil mart oyida Jahon savdo tashkiloti (JST) a’zosi bo‘lishi mumkin. Bu haqda JST bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala xonim “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Noyabr oyida JST ishchi guruhi yig‘ilishi belgilangan. Umid qilamizki, mart oyiga belgilangan muddatga qadar barcha ishlar yakunlanadi va O‘zbekistonning JST a’zosi bo‘lganini tantanali ravishda e’lon qilish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Biz bu yo‘nalishda juda qat’iyat bilan harakat qilyapmiz”, dedi u.
22-sentyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev JST bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan Nyu-Yorkda uchrashdi. Muloqot davomida shu yil noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan Ishchi guruhning navbatdagi yig‘ilishi natijadorligini ta’minlash, shuningdek, 2026-yilda muzokaralar yakunlanishi va O‘zbekiston tashkilotga qo‘shilishi muhim ekani ta’kidlandi.
Siyosat
Sport
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
111648
Jamiyat
94644
Jamiyat
90633
Jamiyat
75147
Jamiyat
//
Izoh yo‘q