
Siyosat
AQSH prezidentining global sheriklar bo‘yicha maxsus vakili Paolo Zampolli AQSH davlat kotibi Marko Rubio O‘zbekistonga tashrif buyurishini, shuningdek, prezident Donald Trampning tashrif buyurishi kerak bo‘lgan ro‘yxatda O‘zbekiston ham borligini bildirdi. Bu haqda u jurnalist va teleboshlovchi Jahongir Olimovga bergan intervyusida ma’lum qilgan.
“Prezidentingiz bilan har bir uchrashuvda taassurotim ortadi. Bugun butun ma’muriyatimiz, Oq uydagi hamkasblarim va Rubio xonimning qo‘llab-quvvatlashi meni juda xursand qildi. Rubio xonimning kutilmagan tashrifi ajoyib bo‘ldi. Biz u bilan AQSH davlat kotibining yaqinda O‘zbekistonga tashrif buyurishi mumkinligini muhokama qildik. Boeing bitimi kabi katta shartnomalar imzolandiki, men bu ustida ko‘p ishlaganman. Endi o‘zimni mamlakatingiz do‘sti deb bilaman. Meni endi mamlakatingizda tez-tez ko‘rasiz”, deydi Zampolli.
AQSH prezidentining maxsus vakilining aytishicha, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilgan.
“Juda uzoq muddatli hamkorlikda butunlay yangi bosqich boshlanayotganini his qilyapman. O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi hamkorlik, shubhasiz, juda mustahkam, uzoq muddatli sheriklik bo‘ladi. Prezident bugun e’lon qilgan va imzolangan milliardlab dollarlik bitimlar, shuningdek, Boeing shartnomasi juda ajoyib. Bu hali boshlanishi xolos”, deydi AQSH prezidentining maxsus vakili.
Zampolli “Donald Tramp O‘zbekistonga tashrif buyuradimi?” degan savolga Oq uy rahbarining tashrif buyurishi kerak bo‘lgan ro‘yxatda borligini ma’lum qilgan.
“Tez orada deb umid qilaman. Biz undan so‘rab kelmoqdamiz. Uning ish jadvali juda tig‘iz, lekin shunga qaramay O‘zbekiston u tashrif buyurishi kerak bo‘lgan davlatlar ro‘yxatida bor. Men shaxsan Prezidentdan iltimos qildim”, deydi Paolo Zampolli.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q