Sariosiyoda hokim yordamchisi, muhandis va qishloq xoʻjaligi masʼuli qoʻlga olindi

Saqlash
18:04 / 23.09.2025 44 0

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida hokim yordamchisi, muhandis va qishloq xoʻjaligi masʼuliga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi, deb xabar berdi Davlat xavfsizlik xizmati.

 

 

Sariosiyo tumanidagi MFYlardan biridagi hokim yordamchisi oʻz xizmat mavqeidan foydalangan holda 29 yoshli fuqaroga mansabdor tanishlari orqali tuman hokimligi zaxirasidagi 2,5 gektar sugʻoriladigan yer maydonini 30 yil muddatga ijaraga olib berish evaziga 29 mln soʻm talab qilgan.

 

Hokim yordamchisi soʻralgan pul mablagʻini olgan vaqtida DXX, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Tergovga qadar tekshiruv davomida, u ushbu pul mablagʻini “Oʻzdaverloyiha” ilmiy loyihalash institutining “Survilerloyiha” boʻlinmasi muhandisi hamda Sariosiyo tumani qishloq xoʻjaligi boʻlimi shoʻba boshligʻiga berishi kerakligi maʼlum boʻldi.

 

Shundan keyin muhandis va shoʻba boshligʻi ushbu pul mablagʻini olgan vaqtlarida ularning noqonuniy harakatlariga chek qoʻyilgan. Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//