Endi Alisa oʻzbek tilida ham muloqot qiladi

Saqlash
17:41 / 23.09.2025 28 0

Toshkentda ICT Week Uzbekistan 2025 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi boshlandi. Unda 50 dan ortiq davlat va 20 ga yaqin rasmiy delegatsiya vakillari ishtirok etmoqda. Haftalik doirasida xalqaro forum va konferensiyalar, shuningdek, kelajak texnologiyalari va sunʼiy intellekt yangiliklari namoyish etiladigan ICT Expo 2025 koʻrgazmasi oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.

 

Tadbirda shuningdek, Yandeks Uzbekistan oʻzbek tilida gaplashuvchi Alisani taqdim etdi. Ushbu ikki tilli AI-yordamchi foydalanuvchilarga oʻzbek va rus tilida muloqot qilish, kundalik iishlarni yengillashtirish, ob-havo maʼdlumotlaridan xabardor qilish, eslatmalar berish, musiqa eshitish va aqlli uyni boshqarish kabilarda yordam beradi. Endi foydalanuvchilar Alisa bilan oʻzbek tilida ham muloqot qilishi mumkin. U ruscha suhbatdan oʻzbekchaga va oʻzbekcha muloqotdan ruschaga erkin va tez oʻta oladi. Ushbu yordamchi Yandeks Uzbekistan tomonidan yaratilgan yirik til modeli yordamida ishlaydi. Uni tayyorlashda professional muharrirlar va filologlar ishtirok etgan va u Oʻzbekistonning 13 hududidan boʻlgan 300 nafar foydalanuvchi tomonidan sinovdan oʻtkazilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//