
Jamiyat
Ekologiya vazirligi kecha kunduzi va tunda poytaxtda kuzatilgan changli havo bo‘yicha o‘z munosabatini berib o‘tdi.
Aytilishicha, 21-sentyabr kunidagi isish hodisasi o‘sha kunning tunida Kaspiy dengizi orqali markazida atmosfera bosimi 1028 gPa gacha yuqori ko‘tariluvchi sovuq antisiklonal jarayonning mintaqaga davomli front oldi g‘arbiy shamollari bilan kirib kelishiga sabab bo‘lgan.
21-sentyabr kuni va 22-sentyabr tongida Navoiy viloyati sharqi, Aydarko‘l ko‘llar tizimi atrofiga esgan kuchli va davomli g‘arbiy shamollar o‘z yo‘nalishini Chordara suv ombori hududlaridan boshlab biroz shimol tomonga o‘zgartirgan. 22-sentyabr kunning ikkinchi yarmidan Qizilqum sharqi va Aydarko‘l hududlari hamda Qozog‘iston janubiy viloyatlarida ko‘tarilgan chang havo massalari to‘g‘ri Toshkent shahriga kirib kelgan.
Toshkent shahri havosida soat 15:00 dan boshlab PM2.5 va PM10 mayda dispers zarrachalari orta boshlagan.
Soat 16:00 da poytaxtda janubi-g‘arbiy shamollar soniyasiga 4 metr tezlikda esib, janubi-g‘arbiy tomondan shahar markazi va shimoli-sharqiy tomon mayda dispers zarrachalari jadal to‘planishiga olib kelgan. Bu vaqtda Toshkent markaziy qismlarida ham havoda PM2.5 va PM10 mayda zarrachalari milliy ruxsat etilgan me’yorlardan oshgan.
Soat 18:30 da O‘zgidrometning Toshkentga o‘rnatilgan ko‘plab avtomat stansiya qiymatlarida havoda mayda PM2.5 dispers zarrachalari taxminan 150 mkg/m³ atrofida shiddat bilan ko‘payib borayotgani qayd etilgan.
Bu kabi qiymat Toshkentning katta qismida mayda PM2.5 zarrachalar bilan ifloslanish milliy ruxsat etilgan me’yordan 5 barobargacha ko‘payib ketishini ta’minlagan. Ayni mana shu muddatda “Toshkent” xalqaro aeroportida ko‘rish masofasi yanada yomonlashib, 4000 metrgacha masofani tashkil etgan.
Prognozga ko‘ra, markazida atmosfera bosimi 1025 gPa.gacha ko‘tariluvchi sovuq antisiklon respublikaning markaziy qismlaridan o‘tmoqda. Ushbu jarayon 24-sentyabrga qadar respublika ob-havosini belgilovchi oqim hisoblanib, 23–24-sentyabr kunlari ayni Toshkent shahri havosida to‘plangan mayda dispers zarrachalarni to‘liq “tozalash” quvvatiga ega emas.
Aksincha, ushbu havo oqimi havoda yig‘ilgan mayda zarrachalarni asta-sekin yerga bosish holatini keltirib chiqaradi. 23–24-sentyabr tonggi muddatlar va kechki muddatlarda inversiya hodisasi sababli havoda mayda dispers zarrachalari miqdori yana ortishi ehtimoli bor.
24-sentyabr tungi muddatlarda antisiklonning mintaqadan butunlay chekinishi va o‘rniga boshqa bir past bosimli atmosfera jarayonlari almashinish fonida Toshkent shahri havosida mayda dispers zarrachalardan tez tozalanish ro‘y berishi mumkin.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q