
Jamiyat
Toshkent shahrida xitoylik ayol mushuk ustiga qaynoq suv quyib azobladi.
Mazkur harakati tufayli u 5 sutkaga ma’muriy qamoqqa olindi.
Ma’lum bo‘lishicha, jamiyatga fuqaro M. Z. murojaat qilib, unga bo‘layotgan voqea haqida xabar bergan.
“U 16-sentyabrdan 17-sentyabrga o‘tar kechasi mushukning chinqiriqlarini eshitganini ma’lum qildi. Balkoniga chiqqanida, ayol qo‘shnisi — Xitoy fuqarosi Y. Z. mushukka qayta-qayta qaynagan suv quyayotgani va uni idishda ushlab, tashqariga chiqishga qo‘ymayotganini ko‘rgan”, deyiladi xabarda.
Shundan so‘ng “Mehr va Oqibat” Hayvonlarni himoya qilish jamiyati aybdorni qonunning barcha qat’iy normalariga muvofiq javobgarlikka tortish va uni O‘zbekistondan deportatsiya qilish masalasini ko‘rib chiqish talabi bilan IIV , TIV va Xitoy elchixonasiga murojaat tayyorlagan.
Holat bo‘yicha ochilgan sud ishi 18-sentyabr kuni Yakkasaroy jinoyat sudida ko‘rib chiqilgan va aybdorga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Keyinchalik huquqbuzar advokatlari orqali apellyatsiya shikoyati bergan.
20-sentyabr kuni ushbu ishni Toshkent shahar jinoyat sudi ko‘rib chiqqan. Sudya jazoni jarimaga o‘zgartirish haqidagi shikoyatni rad etgan va chet el fuqarosini qamoqqa olish haqidagi qarorni o‘z kuchida qoldirgan.
“Mehr va Oqibat” Y. Z. ismli Xitoy fuqarosining deportatsiyasiga erishishga harakat qilishini ma’lum qildi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q