Eng katta oltin zaxirasiga ega davlatlar ro‘yxati. O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

Saqlash
12:39 / 22.09.2025 169 0

Jahon oltin kengashi 2025 yil II choragi bo‘yicha TOP-10 eng katta oltin zaxirasiga ega davlatlar ro‘yxatini tuzdi.

 

Taqdim etilgan hisobotga ko‘ra, dunyo bo‘yicha eng ko‘p oltin zaxirasi AQSHga tegishli bo‘lib, 8 133,46 tonnani tashkil etgan. Bu I chorakdagi bilan bir xil.

 

2-o‘rindan Germaniya joy olgan – 3 350 tonna.

 

3-o‘rinda Italiya ko‘rsatilgan. Bu mamlakatning 2025-yil II chorak bo‘yicha oltin zaxirasi 2 451 tonna.

 

Fransiya 4-o‘rinda. Faranglar yarim yillik bo‘yicha 2 437 tonna oltinni zaxira sifatida saqlab turibdi.

 

5-o‘rinni Rossiya band qilgan – 2 329 tonna.

 

Keyingi beshlik quyidagicha:

▪️ Xitoy – 2 279 tonna;

▪️ Shveysariya – 1 040 tonna;

▪️ Hindiston – 1 040 tonna;

▪️ Yaponiya – 846 tonna;

▪️ Turkiya – 637 tonna.

 

Xabarda yozilishicha, O‘zbekiston 363,9 tonna oltin zaxirasi bilan davlatlar orasida 16-o‘rinda ko‘rsatilgan. Biroq hisobotda Xalqaro valyuta jamg‘armasi ham subyekt sifatida kiritilgan va u 2 814 tonna oltin bilan 3-o‘rinda qayd etilgan. Shu bois, umumiy ro‘yxatda O‘zbekiston 17-o‘rinni egallagan.

 

Ta’kidlanishicha, mamlakat umumiy zaxiralar tarkibida oltin ulushi juda yuqori bo‘lgan davlatlardan biri hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich 79,3 foizni tashkil etadi. Zaxiralar tarkibida oltin ulushi 70 foizdan yuqori bo‘lgan davlatlar qatorida AQSH, Germaniya, Italiya, Fransiya, Livan, Venesuela va Boliviya ham bor.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//