Hafta davomida ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Saqlash
12:21 / 22.09.2025 78 0

O‘zgidromet 26-sentyabrgacha bo‘lgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

 

Unga ko‘ra, 22-26-sentyabr kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

 

Havo harorati asosan kechalari +12– +17 daraja, kunduz kunlari +24– +29 daraja atrofida bo‘ladi.

 

22-, 23- va 26-sentyabr kunlari Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li hududlarida (ba’zi joylarda) qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

 

24- va 26-sentyabrda respublika shimolida va cho‘l hududlarining ba’zi joylarida shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

 

Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi.

 

Harorat asosan kechalari +13– +16, kunduzi 22-23-sentyabrda +24–+27, 24–26-sentyabrda esa +27– +29 darajada bo‘ladi.

 

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//