O‘qishga kirolmagan abituriyentlarga yana imkoniyat beriladi

Saqlash
11:17 / 22.09.2025 105 0

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining tegishli bayoni tasdiqlandi.

 

Unga ko‘ra:

▪️ bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida vakant qolgan o‘rinlar uchun tanlov o‘tkaziladi.

 

Bunda 56,7 ball va undan yuqori natija ko‘rsatgan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan, shu jumladan ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida oliy ta’lim tashkiloti va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlamagan abituriyentlarga ham imkoniyat yaratiladi;

 

▪️ kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirish imkoniyati yaratiladi;

 

▪️ respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat buyurtmalari tasdiqlandi;

 

▪️ Qoraqalpog‘iston yoshlari uchun qo‘shimcha grant va to‘lov-kontrakt o‘rinlari ajratildi.

 

Bundan tashqari, Prezident granti uchun ajratilgan kvotalarning ta’lim sohalari bo‘yicha taqsimoti hamda davlat oliy ta’lim tashkilotlarining magistratura mutaxassisliklariga tanlov natijalari ham tasdiqlandi.

 

Ta’kidlanishicha, mazkur qaror abituriyentlar uchun oliy ta’limga kirish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini oshirishga xizmat qiladi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//