
Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda “15 yoshli qizni kim turmushga berdi?” sarlavhasi ostida xabarlar tarqaldi.
Ma’lum bo‘lishicha, voqea Surxondaryo viloyati, Denov tumanida sodir bo‘lgan.
Qizning otasi yo‘llagan videomurojaatga ko‘ra, oilaviy kelishmovchilik sabab erkakning qaynonasi qo‘lida tarbiyalanayotgan qizi otasi bilan gaplashgani uchun sochlari olib tashlangan.
Murojaatda aytilishicha, 9-sinf qiz majburan turmushga berilgan. Ota bu ishga bosh qo‘shganlarga qonuniy jazo berilishini so‘ragan.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan olib borilgan o‘rganishlarda ushbu holat Denov tumanidagi “Ozod” mahallasida yashovchi fuqaro A.R (15 yoshli qiz) bilan bog‘liq ekani aniqlangan.
Rasmiy munosabatda yozilishicha, 2025-yil iyul oyida qizni turmushga berish harakati bo‘yicha “mahalla yettiligi” va ijtimoiy xodimlar tomonidan hamkorlikda tekshiruv o‘tkazilib, voyaga yetmagan shaxsni turmushga berish qonun hujjatlariga zid ekani ta’kidlangan va oilaga ogohlantirish berilgan.
Shunga qaramay, 2025-yil 10-avgust kuni nikoh marosimi o‘tkazilgani ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat bo‘yicha mahalliy profilaktika inspektori tomonidan qonunchilikka muvofiq ma’muriy javobgarlik chorasi qo‘llanib, aybdorlarga jarima belgilangan.
“Hozirda A.R Denov tumanidagi kasb-hunar maktabida ta’lim olayotgan bo‘lib, uning huquqlari va ta’lim jarayoni mutasaddilar tomonidan doimiy nazoratga olingan”, deyiladi agentlik munosabatida.
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q