Jamiyat
O‘zbekiston qonunchiligiga ona suti o‘rnini bosuvchi mahsulotlar reklamasini cheklashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish taklif etildi.
Bundan tashqari, takliflar qatorida bolalar uchun mo‘ljallangan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, import va eksport qilish, tashish, saqlash, sotish va yetkazib berishga oid talablar hamda standartlarni takomillashtirish ham bor.
Prezident bildirilgan takliflarni ma’qullagan.
Xabarda yozilishicha, 2030-yilga qadar Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan ko‘rsatkich – 6 oygacha bo‘lgan bolalarning 70 foizi faqat ona suti bilan oziqlantirilishiga erishish maqsadida O‘zbekistonda ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi tasdiqlanadi.
Dastur doirasida JSST va YUNISEF'ning “Ona suti bilan oziqlantirish uchun qulay sharoit yaratuvchi tibbiyot muassasasi” va “Ona suti bilan muvaffaqiyatli oziqlantirish sari 10 qadam” tashabbuslari joriy etiladi.
Tibbiyot xodimlarini ona suti bilan oziqlantirish bo‘yicha o‘qitish, homilador ayollar va onalarning bilimini oshirish tadbirlari ham o‘tkaziladi.
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
110047
Jamiyat
94306
Jamiyat
90166
Jamiyat
73481
Jamiyat
//
Izoh yo‘q