
Jamiyat
19-sentyabr kuni qabul qilingan Prezident farmoniga ko‘ra, O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish (2026-yil 15-yanvar holatiga ko‘ra) 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar o‘tkaziladi.
Mazkur tadbirni o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha respublika komissiyasi tuziladi.
Shuningdek, bu jarayonda “mahalla yettiligi” tizimi xodimlari (2025-yil 15-dekabrdan 2026-yil 1-martgacha bo‘lgan davrda) jalb etiladi.
Bunda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Milliy statistika qo‘mitasi hamda mas’ul idoralar bilan birgalikda “mahalla yettiligi” tizimi xodimlarini planshetlardan foydalangan holda ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkazilishini ta’minlaydi.
Shu bilan birga, davlat organlari va tashkilotlari 2026-yil 15-yanvardan 31-yanvargacha o‘z tizimida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarning census.stat.uz portalida ro‘yxatdan o‘tishini ta’minlaydi.
Tuman (shahar)larda ham ro‘yxatga olish shtablari tashkil etiladi va ularning faoliyati nazorat qilinadi.
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q