
Jamiyat
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan har yili hududiy bo‘lim va tuman-shaharlardagi bo‘linma rahbarlari uchun seminar-treninglar tashkil etib kelinadi.
An’anaga ko‘ra, bu yil ham mazkur samimiy muloqot maydoni yana bir bor tashkil etildi.
Unda erishilgan marralar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil qilinishi bilan birga, o‘zaro tajriba almashilib, amaliy mashg‘ulotlar, sport musobaqalari ham o‘tkazildi.
Bu safargi seminardan quyidagilar maqsad qilingan:
▪️ ma’naviy-ma’rifiy soha vakillarining faoliyat samaradorligini yanada oshirish;
▪️ birgalikda zamonaviy targ‘ibot usullarini ishlab chiqish;
▪️ ijtimoiy ahamiyati yuqori tashabbuslarni ilgari surish;
▪️ hududlarning ilg‘or amaliyotlarini ommalashtirish.
“Ochig‘i doim hududlardagi bo‘lim va bo‘linmalar faoliyatiga alohida ahamiyat qaratib, doimiy kuzatib borishga harakat qilamiz. Boisi, ular mamlakatning har nuqtasida xalqqa yaqin, ma’naviy muhitni ta’minlash borasida katta mas’uliyatga ega”, deydi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov.
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q