Jamiyat
“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot institutining so‘nggi tadqiqotlari o‘zbek kino va seriallarida ayol obrazining qanday namoyon bo‘layotganini yoritib berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, tomoshabinlar eng ko‘p intiluvchan, siyosiy faol ayollarni (35,2%) va bilimli mutaxassislarni (31,2%) ko‘rishmoqda.
An’anaviy obrazlar ham o‘z o‘rnini yo‘qotmagan. Har beshinchi respondent (20,2%) itoatkor, oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan kelinlar obrazini ko‘rganini ta’kidlagan.
Diniy va axloqiy qadriyatlarga sodiq ayollar obrazi ham (15,7%) kinolarda o‘z aksini topgan.
So‘rov xulosasiga ko‘ra, iqtisodiy faol ayollar, uy bekalari, ajrashgan yoki beva ayollar, hamda oilasi va ishini muvaffaqiyatli birlashtirgan ayollar obrazlari nisbatan kamroq tomosha qilinmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘lgan ayollar va jabrlangan ayollar obrazlari esa eng kam tarqalgan.
Mazkur natijalar o‘zbek kinosi ayol obrazini turlicha namoyon etishga harakat qilayotganini ko‘rsatadi.
Siyosat
Sport
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
111648
Jamiyat
94644
Jamiyat
90633
Jamiyat
75147
Jamiyat
//
Izoh yo‘q