O‘zbekiston tarixiga birinchi bo‘lib kirish kimlarga nasib qilgan?

Saqlash
16:40 / 20.09.2025 184 0

O‘zbekiston tarixiga birinchi bo‘lib kirganlar ko‘p. Ularning ayrimlari keyingi avlod uchun ruhlantiruvchi shaxs bo‘lgan bo‘lsa, boshqalari "narvon" vazifasini bajargan. Quyida ularning ayrimlari bilan tanishasiz.

 

 

Oqilxon Sharafiddinov – o‘zbek tilidagi birinchi alifbe darsligi muallifi. 1938-yilda yozilgan mazkur kitob keyinchalik takomillashtirilib, qayta nashr etildi. Hozirgi kunda Toshkentdagi 129-maktab Oqilxon Sharafiddinovning nomi bilan ataladi.

 

 

Georgiy Agzamov – o‘zbekistonlik ilk xalqaro grossmeyster.

Agzamov 1984-yilda (30 yoshida) o‘zbek shaxmatchilari orasida birinchi bo‘lib xalqaro grossmeyster unvonini qo‘lga kiritgan.

 

 

Tursunoy Saidazimova – birinchi o‘zbek aktrisasi. U faqat san’at sahnasidagina emas, ayollarning ma’naviy ozodligi yo‘lida ham kurashgan fidoyi shaxs hisoblanadi.

 

 

Solijon Sharipov – ilk o‘zbek kosmonavt. Sharipov 1998-yilda koinotga parvoz qilgan. U ikki marotaba kosmosga uchgan va “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan.

 

 

Rufat Risqiyev – jahon chempioni bo‘lgan birinchi o‘zbek bokschisi. U 1974-yilda Kubada o‘tgan musobaqada g‘olib bo‘lgan. Keyin Olimpiadada kumush medalni qo‘lga kiritgan.

 

 

Bashorat Mirboboyeva – ilk ayol parovoz mashinisti. Shuningdek, Mirboboyeva birinchi parashyutchilardan. U 1937-yildan boshlab O‘zbekistondagi birinchi ayol parovoz mashinisti bo‘lgan.

 

 

Dilbar Abdurahmonova – o‘zbek va sovet dirijyori, skripkachisi. 1977-yilda SSSR Xalq artisti unvoniga sazovor bo‘lgan va tarixda birinchi ayol dirijyor sifatida tanilgan.

 

 

Sobira Xoldorova – qatag‘onda qurbon bo‘lgan ilk ayol jurnalist.

 

Xabarga ko‘ra, bugungi kunda “O‘zbekistonning birinchi qaldirg‘ochlari” nomli hujjatli film namoyishi rejalashtirilgan. Filmda elga ibrat bo‘lgan bu shaxslar haqida qisqa, ta’sirchan lavhalar o‘rin oladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//