
Jamiyat
Joriy yil noyabr oyida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “Kambag‘al oilalar reyestri”ga kiritilgan oilalar hamda “Mahalla yettiligi” tomonidan qo‘shimcha shakllantirilgan ro‘yxatdagi ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratiladi.
Mazkur tadbir 2025/2026-yilgi isitish mavsumida aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘shimcha moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda yuqorida keltirilgan ikki reyestrda (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “Kambag‘al oilalar reyestri”) 816 mingta oila mavjud.
Hozirda “Mahalla yettiligi” tomonidan ushbu reyestrlardagi oilalarning 40 foizigacha qo‘shimcha ravishda kambag‘allikka tushish xavfi yuqori bo‘lgan oilalar ro‘yxati shakllantirilmoqda.
Xabarga ko‘ra, shu yilning 19-sentyabri holatiga ko‘ra, “Mahalla yettiligi” tomonidan 317 698 ta qo‘shimcha ehtiyojmand oilalar ro‘yxati tuzilgan.
Ta’kidlanishicha, qo‘shimcha ro‘yxat shakllantirishda birinchi navbatda quyidagi toifadagi oilalar qamrab olinadi:
▪️ boquvchisini yo‘qotgan oilalar;
▪️ tarkibida I yoki II guruh nogironi bo‘lgan shaxslar mavjud oilalar;
▪️ nogironligi bo‘lgan bolani parvarishlayotgan oilalar;
▪️ gaz ta’minoti mavjud bo‘lmagan va markazlashtirilgan isitish tizimi yo‘q ko‘p qavatli uylarda yashovchi oilalar;
▪️ bir xonadonda 3 va undan ortiq oila birga yashovchi xonadonlar;
▪️ uzoq muddatli davolanishni talab etuvchi og‘ir kasallikka chalingan shaxslar bor oilalar;
▪️ o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz shaxslar, shu jumladan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar.
Ushbu toifalarga mos keladigan ehtiyojmand oilalar joriy yilning 25-sentyabr kuniga qadar “Mahalla yettiligi”ga murojaat qilishi mumkin.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q