Siyosat
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ️Oliy sud tomonidan ekstremizm va terrorizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan, O‘zbekistonga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan materiallar yangilangan ro‘yxatini e’lon qildi.
2025-yil 2-sentyabr holatiga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari murojaatiga asosan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan tayyorlangan dinshunoslik ekspertizasi xulosasi asosida Oliy sudning 115 dan ortiq qarori chiqarilgan. Ularga muvofiq, 1 400 dan ortiq kontent radikal mazmunda deb topilgan.
Shuningdek, veb-saytlar, elektron kitoblar, maqolalar va nashidalar bo‘yicha 40 ta kontent taqiqlangan.
“Fuqarolarimiz turli manbalarda adashib qolmasligi, to‘g‘ri ma’lumotni noto‘g‘risidan farqlay olishi, taqiqlangan sahifalarda yurganlar o‘z vaqtida xabardor bo‘lib, ularni tark etishi, eng muhimi, jamiyat tinchligi va xavfsizligini saqlash, yoshlar ongini buzg‘unchi g‘oyalardan asrash uchun e’lon qilib boriladi”, deya Din ishlari bo‘yicha qo‘mita vakili nega taqiqlangan kontentlar ro‘yxati e’lon qilinishiga izoh berdi.
Taqiqlangan materiallarning batafsil ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
112454
Jamiyat
95118
Jamiyat
91359
Jamiyat
76038
Jamiyat
//
Izoh yo‘q