
Jamiyat
Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan xalqaro merganlar musobaqasida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
II Xalqaro merganlar musobaqasi 8−15-sentabr kunlari Koreyaning Geonggi provinsiyasi Gvangju shahrida bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston va Janubiy Koreyadan tashqari, AQSh, Germaniya, Ruminiya, BAA, Tailand, Vetnam, Qatar, Mo‘g‘ulistondan jami 54 ta merganlar jamoasi qatnashdi.
Musobaqa shartlari tungi va kunduzi vaqtda bajariladigan maxsus taktik mashqlardan iborat bo‘lib, unda jamoalardan pistolet, avtomat va merganlik qurollaridan mohirona foydalangan holda shahar, tog‘ va o‘rmon sharoitida turli masofadagi nishonlarga aniq o‘q otish talab etildi.
O‘zbekiston jamoasi musobaqaning yakuniy natijasiga ko‘ra xorijiy davlatlarning 16 ta merganlar jamoasi orasida faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. G‘oliblar uchligi quyidagicha bo‘ldi:
O‘zbekiston — 539,5 ball;
Vetnam — 534,7 ball;
AQSh — 519,0 ball.
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q