To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni belgilangan tartibda o‘tkazish nazoratga olinadi

Saqlash
10:45 / 18.09.2025 71 0

Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Umumiy ovqatlanish korxonalarida hosil bo‘ladigan oziq-ovqat chiqindilaridan samarali foydalanish va ularning atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish hamda ortiqcha isrofgarchiliklarning oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qilindi.

 

Qarorda Umumiy ovqatlanish sohasida oziq-ovqat chiqindilari hosil bo‘lishini kamaytirish va ortiqcha isrofgarchiliklarning oldini olishga qaratilgan “Oqilona iste’mol” (Save food) dasturini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlanish belgilanga.

 

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining "Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida" Qonunining 31-moddasiga muvofiq:

 

belgilangan normadan (yo‘l qo‘yiladigan eng yuqori ko‘rsatkichlardan) yuqori darajada ifloslangan ishlab chiqarish oqova suvlarini oqizib yuboruvchi yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar oqova suvlarni lokal tozalash inshootlarida birlamchi tozalash ishlarini bajarishi kerakligi;

 

yangi iste’molchilarni, shu jumladan, mavjud iste’molchilarning yangitdan ishga tushiriladigan, tovarlarni ishlab chiqarish (xizmatlar ko‘rsatish) jarayonida belgilangan normadan yuqori darajada ifloslangan oqova suvlarni hosil qiluvchi obyektlarini oqova suvlar tarmoqlariga ulashga faqat oqova suvlarning belgilangan normaga qadar tozalanishini ta’minlaydigan lokal tozalash inshootlari mavjud bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yilishi belgilangan.

 

Qaror bilan 2026-2030 yillar “Dolzarb oziq-ovqat xavfsizligi davri” deb e’lon qilingan.

 

Hujjatda, shu bilan birga to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar belgilangan tartibda o‘tkazilishi qat’iy nazoratga olishi qayd etilgan.

 

Unga ko‘ra, oziq-ovqat aholi ehtiyojiga yetarli darajada va sifatli yetkazib berish hamda ortiqcha isrofgarchiliklarning oldini olish choralari ko‘riladi, aholi orasida o‘rtacha kunlik ratsional ovqatlanish normativlari asosida to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha tushuntirish tadbirlari o‘tkaziladi, oziq-ovqat mahsulotlaridan hosil bo‘lgan chiqindilar qayta ishlash korxonalariga topshirilishi ta’minlanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//